

Bu haqda AS xabar tarqatdi.
Nashrning xabar berishicha, vinger son suyagini shikastlab olgan. Agar mushaklarning yirtilishi tasdiqlansa, braziliyalik futbolchi 8 va 14 aprel kunlari "Atletiko" bilan o'yinlarda maydonga tusha olmaydi.
Rafinya ushbu mavsum klub safida 31 o'yinda qatnashib, 19 ta gol urdi va 8 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 80 million evroga baholamoqda.



