Rafinya 5 haftaga safdan chiqdi

Rafinya Dias bir oydan ko'proq vaqt mobaynida maydondan tashqarida bo'ladi.

Vinger Braziliya termasi tarkibida boldir mushaklaridan jarohat olgan va "Barselona"ga qaytarib yuborilgan.

Klub matbuot xizmati esa uning 5 hafta mobaynida davolanishini ma'lum qilgan.

Shu orqali u "Atletiko"ga qarshi uch o'yin, "Espanol" bilan derbi va "Selta" hamda "Xetafe"ga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi.

Rafinya may oyi boshidagi "Osasuna"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.


Manba: x.com/FCBarcelona