Qozog'iston Kubogi. Igor Sergeev gol urgan bahsda "Tobol" g'alabaga erishdi

Aslanov Jasurbek
17 may 2023, 20:18
Qozog'iston Kubogi chorak final dastlabki o'yinida "Tobol" "Shaxtyor"ni qabul qildi.

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev o'yinni zaxiradan boshladi. Sergeev ikkinchi bo'limning boshida maydonga tushirildi va 2 daqiqadan so'ng o'zi hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Gol videosini Telegram kanalimizdan topishingiz mumkin.



"Tobol" - "Shaxtyor" 2:0

Gollar: Sergeev 48, Chesnokov 87.

"Tobol": Busurmanov, Ilich, Kairov, Kireenko (Gabaraev 46), Mlajovich, Orazov (Mujikov 63), Semchenkov, Sulyich (Sergeev 46), Jakupov (Chesnokov 46), Jarinbetov, Jumashev (Vukadinovich 46).



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia