Qoyil qolmasdan iloj yo'q, nemislar futbolda ham hisob-kitobli

Xayrulla Xoliqov
8 noya 2021, 23:00
Biz odatda Germaniya Bundesligasini kuzatamiz.

Lekin hozir Bundesliga 2 turnir jadvalida juda qiziq holat yuzaga kelgan. Birinchi o'rindagi "Sankt Pauli" 26 ochko to'plagan bo'lsa, toki 10-o'rindagi jamoaga qadar klublar yuqoridan pastga ketma-ketlikda ochko jamg'argan.

Bunaqasi kamdan kam hollarda sodir bo'ladi. Nemislar hisob-kitobga juda pishiq xalq ekanini bilamiz, buni qarangki, ular futbolda ham matematikaga amal qiladi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia