"Navbahor" stadioniga yangi chim yotqizilmoqda

Sherzod Nurmatov
2 fev 2026
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Namangan futbolsevarlar viloyati sifatida tanilgan. Yaqinlashib kelayotgan futbol mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida "Navbahor" markaziy stadionida keng ko'lamli ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jarayonni Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ko'zdan kechirdi. 

O'rganish davomida chim yotqizish ishlarini jahon standartlari asosida olib borish, nafaqat futbolchilar, balki muxlislar uchun ham etarli sharoit yaratish masalalariga e'tibor qaratildi. Bu bo'yicha mas'ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qatiy nazoratga olindi. 

Shuningdek, muhandislik-kommunikaciya tarmoqlarini tartibga keltirish va stadion hududining estetik ko'rinishini yaxshilash bo'yicha olib borilayotgan ishlarni tezlatish lozimligi takidlandi", – deyiladi xabarda.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia