"Qo'qon-1912": Tanishing yangi futbolchi Alibobo Rahmatullaev

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2016, 16:15
Alibobo Rahmatullaev 1991 yil 8 fevral kuni tavallud topgan. “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi.

2008-2011 yillar oralig'ida “Bunyodkor” farm klubida to'p surgan. 2012 yili “Bunyodkor”ning asosiy tarkibida o'ynay boshladi. Ikki yil davomida “Qaldirg'ochlar”ning asosiy futbolchisiga aylandi.

2015 yil boshida Toshkentning “Paxtakor” klubi bilan shartnoma imzolaydi. Biroq oradan hech qancha o'tmay, jamoadan ketadi.

2015 yili “Buxoro” va “Navbahor” jamoalari sharafini himoya qildi. 2015 yilning sentyabr oyida Ozarbayjonning “Ravan” klubi bilan shartnoma imzolaydi. Oktyabr oyida esa bu klub bilan xayrlashadi.

2016 yilni esa Rahmatullaev “Qo'qon-1912” jamoasida o'tkazadi. Kuni kecha klub va futbolchi o'rtasida shartnoma imzolandi.


Ma'lumot uchun:
Tuliq ismi:
Alibobo Rahmatullaev
Tug'ilgan sana: 8 fevral 1991 yil
Buyi: 184 sm
Vazni: 76 kg
Ampluasi: yarim himoyachi

O'ynagan jamoalari:
2008 – 2011  Bunyodkor-2
2012 – 2014  Bunyodkor  32 (1)
2015  Paxtakor  0 (0)
2015  Buxoro  5 (0)
2015  Navbahor  4 (0)
2015  Ravan 4 (0)

Terma jamoadagi faoliyati:
2012-2013  O'zbekiston MTJ  1 (0)

Erishgan yutuqlari:
O'zbekiston chempioni: 2010, 2011, 2013
O'zbekiston vice-chempioni: 2007, 2012
O'zbekiston Kubogi sohibi: 2010, 2012, 2013
O'zbekiston Kubogi finalchisi: 2014
O'zbekiston Superkubogi g'olibi: 2014


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz