Nazorat uchrashuvi. "Qo'qon-1912" "Neftchi"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2021, 13:45
Toshkentdagi "To'qimachi" stadionida "Qo'qon-1912" hamda "Neftchi" jamoalari o'rtasida nazorat o'yini bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 39-daqiqasida bosh hakam "Qo'qon-1912" darvozasi tomon penalti belgiladi. Abdul Aziz Yusupovning 11 metrli nuqtadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Birinchi taymda hisob ochilmadi. 


53-daqiqada Sardor Etovqo'ziev hisobni ochdi - 1:0. Uchrashuvda mana shu gol yagonaligini saqlab qoldi.


"Qo'qon-1912" - "Neftchi" 1:0  

Gol: Sardor Etovqo'ziev 53, - 1:0. 

Amalga oshirilmagan penalti: Abdul Aziz Yusupov 39 (noaniq)

"Qo'qon-1912": Muzaffar Abdullaev, Bobur Akbarov, Murod Xolmuhammedov, Avazxon Mamatxo'jaev, Aleksandr Merzlyakov, Oybek Rustamov, Farhod Bekmuratov, Rustam Abduhamidov, Sobit Sindarov, Shoxnazar Norbekov, Mo'min Meliev.

Zaxira: Eldor Adhamov, Muhammadanas Xasanov, Shohruh Xolmatov, Javlon Guseynov, Azamat Isroilov, Muhsin Normatov, Iqbol Malikjonov, Sardor Etvoqo'ziev, Sardor Azimov, Andrey Sidorov, Didar Durdiev.

"Neftchi": Mashhur Muhammadjonov, Shodiyor Hojimatov, Xudoyshukur Sattorov, Tohir Shamsiddinov, Umar Adhamzoda, A'zam Aliev, Abdullo Olimov, Jasur Abdulbekov, Sherzod Karimov, Abdul Aziz Yusupov, Otabek Zokirov.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia