Qobilbek Karimbekov - "Lokomotiv" mehmoni

Xayrulla Xoliqov
17 okt 2019
Bugun "Lokomotiv" futbol klubida O'zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Transport prokurorining katta yordamchilari A.D.Ibragimov va D.S.Salixanov ishtirokida taniqli siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.

Muxlislar O'zbekiston xizmat ko'rsatgan jurnalist Qobilbek Karimbekovni juda yaxshi bilishadi. U kishi telekanallarda turli dasturlarni olib borgan hamda jahon siyosati bo'yicha chuqur bilim va katta tajribaga ega. 

Qobilbek Karimbekov davra suhbati mobaynida O'zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda tutgan o'rniga to'xtalib, shunday tinch va musaffo osmoni bor mamlakatda yashayotganimizga harqancha shukur qilsak arzishini bildirdi. Shuningdek, muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev olib borayotgan siyosat naqadar to'g'ri yo'ldan ketayotganini alohida ta'kidladi. 

Taniqli jurnalist va siyosiy sharhlovchi jamoamiz a'zolariga yurtimiz va dunyo siyosiy hayotida sodir bo'layotgan o'zgarishlar, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqda ro'y berayotgan voqealar haqida so'zlab berdi. Ijodiy uchrashuv ko'tarinki kayfiyatda kechib futbolchilarimizda iliq taassurot qoldirdi. 

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz