

"Shaharliklar" qo'lga kiritgan sovrinlar soni bo'yicha tengsiz. "Kanonirlar"ga qarshi g'alaba Pep Gvardiola boshqaruvidagi jamoa uchun XXI asrdagi oltinchi triumf bo'ldi, bu esa ularni asrning eng sovrindor klubiga aylantirdi. "Siti" ushbu sovrinni jami 9 marta boshi uzra ko'targan - faqat "Liverpul" bu turnirda 10 marotaba g'alaba qozongan.
XXI asrda Liga Kubogini yutgan jamoalar:
"Manchester Siti" (6) - 2014, 2016, 2018, 2019, 2020, 2021, 2026
"Liverpul" (5) - 2001, 2003, 2012, 2022, 2024
"Manchester Yunayted" (5) - 2006, 2009, 2010, 2017, 2023
"Chelsi" (3) - 2005, 2007, 2015
"Tottenxem" (1) - 2008
"Lester" (1) - 2000
"Birmingem Siti" (1) - 2011
"Midlsbro" (1) - 2004
"Nyukasl" (1) - 2025
"Blekbern Rovers" (1) - 2002
"Suonsi" (1) - 2013



