PSV "Manchester Yunayted" futbolchisini sotib olmaydigan bo'ldi

Mirjalol Normatov
29 iyun 2025, 15:58
Tirell Malasia "Manchester Yunayted"ga qaytadi.

Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, PSV futbolchini sotib olish huquqidan foydalanmadi. Niderlandiya klubi futbolchini 10 mln evro evaziga sotib olishni istamadi.

Malasia fevral oyida ijara asosida PSVga o'tgandi. U jamoa tarkibida 8 o'yinda qatnashib, sermahsullik qayd etmadi. Endi 25 yoshli himoyachi Manchesterga qaytadi.

Malasia 2022 yil yozida 15+2 mln evro evaziga "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylangandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano