PSJ ukrainalik futbolchini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
20 dek 2024
"Bornmut" himoyachisi Ilya Zabarniy faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "L'Equipe" xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Ukraina termasi futbolchisining xizmatlariga Fransiyaning PSJ jamoasi qiziqmoqda. 22 yoshli futbolchining transfer narxi 38 mln evroga baholanmoqda va uning "Bornmut" bilan shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi.

Ilya "Bornmut"da 2023 yildan beri o'ynab kelmoqda. Himoyachi joriy mavsum 16 o'yinda ishtirok etdi. Eslatib o'tamiz, Zabarniy Kievning "Dinamo" klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe