PSJ himoyachisi jiddiy jarohat oldi

10 noya 2020, 08:23
Tilo Kerer ham Parij klubi lazaretidan joy oldi.

PSJ himoyachisi Tilo Kerer jarohat sabab 3-4 oy davomida jamoasiga yordam bera olmaydi. Francuz nashrlariga ko'ra, Tilo son mushaklaridan jiddiy jarohat olgan. Futbolchi Liga 1 10-turi doirasida “Renn”ga qarshi bahsda ushbu jarohatga yo'liqqan.

Ma'lumot uchun, Kerer joriy mavsum PSJ safida Fransiya chempionatida 4 ta o'yin o'tkazgandi.


Manba: L’Equipe