PSJ futbolchisi "Al Ittihod"ga ko'chib o'tdi

Khoja
3 sen 2024, 08:24
PSJ yarim himoyachisi Danilu Pereyra faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

Futbolchini "Al Ittihod" sotib oldi. 32 yoshli futbolchining transferi uchun saudiyaliklar 5 million evro to'lashdi.

Ma'lumot uchun, portugaliyalik yarim himoyachisi 2020 yildan beri PSJ safida harakat qilib keladi. U shu vaqt mobaynida 157 ta uchrashuvda maydonga tushgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com