PSJ Fluminense futbolchisini 10 mln evroga sotib oladi

Narzulla Saydullayev
17 noya 2017
Fluminense yarim himoyachisi Vendel Vale katta ehtimol bilan PSJga ko'chib o'tadi.

Parijliklar vakili o'tgan hafta Rio-de-Janeyroga kelib klub va futbolchi bilan muzokara o'tkazdi.

Tomonlar transferni 10 million evroga kelishib olishdi.

20 yoshli futbolchi yanvar oyida PSJga qo'shiladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: globoesporte.globo.com