PSJ dushanba kuni ispaniyalik futbolchini 24 mln evroga xarid qiladi

Alisher
28 avg 2022, 11:57
Fabian Ruis "Napoli"dan PSJga o'tadi.

Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, bitim dushanba va seshanba kunlari orasida yopiladi.

Transfer narxi bonuslar bilan birga 24 million evroni tashkil etadi. Ruisning maoshi – yiliga 5 million evro.

Ruis o'tgan mavsum "Napoli" safida 38ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira