PSJ darvozaboni komadan chiqdi

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2023, 21:56
PSJ posboni Serxio Riko komadan chiqdi.

Bu haqda futbolchining xotini Alba Silva ma'lum qildi. Eslatib o'tamiz, may oyida Riko otdan yiqilish oqibatida boshidan jiddiy jarohat olgan edi. 29 yoshli darvozabonning miyasiga qon quyilgandi.

Riko sun'iy koma holatidan chiqdi.

"Asta-sekinlik bilan oldinga qadam tashlab, yorug'likni ko'ra boshlayapmiz... U sog'ayib kyetishini bilardim, ammo sabr bilan davolanish kerak" - deydi Silva.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TeleCinco