

“Lill” himoyachisi Joze Fonte Portugaliya terma jamoasining oktyabrdagi o'yinlarida maydonga tushmaydi. 36 yoshli himoyachining koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija taqdim etgan. Shu bois Fonte terma jamoa bazasini tark etgan. Uning o'rniga Domingush Duarte terma jamoaga chaqirilgan.
Ma'lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi 7 oktyabrda Ispaniya termasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Portugallar Millatlar Ligasi doirasida 11 oktyabrda Fransiya, 14 oktyabrda bo'lsa Shvetsiya bilan bahsga kirishadi.



