Pirlo: "Balotelli terma jamoaga qaytishi mumkin"

26 fev 2020, 01:39
"Maestro" "SuperMario"ning terma jamoaga qaytishi mumkinligini inkor qilmadi.

"Yuventus", "Milan" va Italiya  terma jamoasi afsonasi Andrea Pirlo Mario Balotelli "moviy gvardiya" safiga qaytish uchun nima qilishi kerakligini aytdi:

"Mario "Breshiya"da o'ynashga qaror qildi. Bu uning Italiya terma jamoasiga qaytishni xohlayotganini bildiradi. U to'g'ri yo'lni tanladi. Ishga nisbatan yaxshi munosabat tufayli u muvaffaqiyatlarga erishishi, jumladan, terma jamoadan ham chaqiruv olishi mumkin.

Balotelli hamma narsa faqat uning o'ziga bog'liqligini tushunishi kerak. U milliy jamoaga munosibligini maydonda isbotlay olmas ekan, boshqa narsalar haqidda gapirish ortiqcha".


Manba: Football Italia