Pikford Evro tarixidagi eng yaxshi ikkinchi darvozabon

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2024
Jordan Pikford Yevropa chempionatlarida Angliya terma jamoasi darvozasiga yo'llangan zarbalarning 85%ni qaytargan.

Opta Yevropa chempionatlarida qaytarilgan zarbalar foizi bo'yicha eng yaxshi darvozabonlar reytingini tuzdi. Reytingda Evrolarda kamida 10ta o'yin o'tkazgan posbonlar hisobga olingan.

Bu ko'rsatkich bo'yicha eng yaxshisi Ispaniya terma jamoasi sobiq posboni Iker Kasilyas bo'ldi - zarbalarning 87% qaytarilgan.

Amaldagi darvozabonlardan TOP 5ga Angliya posboni Jordan Pikford kirdi. U 85%lik natija qayd etdi.

TOP 5

1. Iker Kasilyas (87%);


2. Jordan Pikford (85%);


3. Janluidji Buffon (81%);


4. Edvin van der Sar (80%);


5. Andreas Isaksson (78%). 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta