

U ayni damda "Oksford Siti Starz" jamoasi tarkibida o'ynamoqda va ushbu sport turida o'zini yomon xis qilmayapti. "Stritxem Red Xoks" jamoasiga qarshi o'yinda u 64 zarbaning 62tasini qaytardi va jamoasining 3:2 hisobida g'alaba qozonishiga xissa qo'shdi.
Chexning futbolchilik faoliyati 2019 yilga qadar davom etgan va so'nggi jamoasi "Arsenal" bo'lgandi. Shundan keyin u 2022 yil o'rtalariga qadar "Chelsi" tizimida faoliyat yuritdi.



