PES 2021 qachon sotuvga chiqishi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
16 iyul 2020, 20:50
Konami Pro Evolution Soccer 2021’ning videotreylerini taqdim etdi.

O'yin 15 sentyabr kuni PC, PlayStation 4 va Xbox Onee platformalari uchun sotuvga chiqariladi. Uning boshlang'ich narxi esa 9-11 evro atrofida bo'lishi aytilmoqda.

Qayd etish joizki, PES 2021 alohida o'yin sifatida emas, balki PES 2021'dagi jamoalar va o'yinchilarning ma'lumotlarini yangilash (update) uchun taqdim etiladi. Shuningdek, yangilangan versiyaga Evro rejimi qo'shiladi. O'yin kontenti avvalgi versiyadan farq qilmasligi aytilmoqda.

Hozirda Konami Unreal Engine rejimida yangi formatdagi PES'ni yaratish ustida faol ish olib bormoqda.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru

O'xshash yangiliklar