"Eng tez liga". PES 2020'dagi Shomurodov musobaqadagi ilk golini urdi va Eldorni mag'lubiyatdan qutqardi

Eldor Akmurzayev
1 apr 2020, 20:30
Sports.ru "Eng tez liga" orqali Rossiya futbolini qaytarmoqda.

RPL klublaridagi futbolchilar qo'llariga joystiklarni olgan holda to'xtab qolgan 23-turdan mavsumni PES (Pro Evolution Soccer)da davom ettirishmoqda. 

"Rostov" sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov navbatdagi bahsini "Arsenal Tula"ning sobiq a'zosi Maksim Danilinga qarshi o'tkazdi. O'yinda hisobni Eldorning raqibi ochdi. Keyin esa uning o'zi hisobni tenglashtirdi. Bu PES 2020'dagi Shomurodovning musobaqadagi ilk aniq zarbasi bo'ldi. Uchrashuvda boshqa hisob o'zgarmagan.

P.S. Eldor avvalgi ikki o'yinda (4:0, 1:0) to'p kirita olmadi, ilk turda esa "Sochi"ga (1:1) Roman Eremenko bilan gol urgandi.

Rostov (Shomurodov) – Arsenal (Danilin) 1:1

20.00, PES 2020

Gol: Kangva, Shomurodov


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia