Peres "Real Madrid" mashg'ulotlariga tashrif buyurdi

Sherzod Nurmatov
21 may 2020
"Real" tiklanishi kutilayotgan La Liga o'yinlari oldidan tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Klub prezidenti Florentino Peres mashg'ulotlar jarayoniga tashrif buyurib, bosh murabbiy Zinedin Zidan va jamoa futbolchilari bilan suhbatlashdi.

Eslatib o'tamiz, Madridning "Real" klubi 18 may kuni guruh mashg'ulotlarini boshlagan. Koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtatilgan mavsum tiklanishi iyun oyiga rejalashtirilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/realmadrid