Peres “Lester”ga o'tadi

Ayoze Peres jamoasini o'zgartiradi.

“Nyukasl” hujumchisi Ayoze Peres faoliyatini “Lester”da davom ettiradi. “Lester” futbolchining transferi borasida “qarg'alar” bilan kelishuvga erishgan. “Tulkilar” hujumchi uchun 30 mln funt to'laydi. Peres “Nyukasl”ga 2014-yilda “Tenerife”dan o'tgandi.

O'tgan mavsum APLda hujumchi 12 ta gol urib, 2 ta golli uzatma berdi.


Manba: Mirror