Krishtianu Ronaldu, Pepe va Brunu - Portugaliyaning EVRO uchun tarkibi e'lon qilindi

Omonjon To`xtamirzayev
21 may 2024, 18:59
Portugaliya terma jamoasining bo'lajak Yevropa chempionati uchun tarkibi e'lon qilindi.

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines yozda Germaniyada o'tishi rejalashtirilgan Evro-2024 uchun 26 futbolchidan iborat ro'yxatni e'lon qildi. 


Darvozabonlar: Diogu Koshta ("Portu"), Joze Sa ("Vulverxempton"), Ruy Patrisiu ("Roma").

Himoyachilar: Antoniu Silva ("Benfika"), Danilu Pereyra (PSJ), Diogu Dalot ("Manchester Yunayted"), Gonsalu Inasiu ("Sporting"), Joau Kanselu ("Barselona"), Nelson Semedu ("Vulverxempton"), Nunu Mendesh (PSJ), Pepe ("Portu"), Ruben Diash ("Manchester Siti").

Yarim himoyachilar: Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted"), Joau Nevesh ("Benfika"), Joau Palinya ("Fulxem"), Otaviu ("Al Nassr"), Ruben Nevesh ("Al Hilol"), Vitinya (PSJ).

Hujumchilar: Bernardu Silva ("Manchester Siti"), Krishtianu Ronaldu ("Al Nassr"), Diogu Jota ("Liverpul"), Fransishku Konseysau ("Portu"), Gonsalu Ramush (PSJ), Joau Feliks ("Barselona"), Pedru Netu ("Vulverxempton"), Rafael Leau ("Milan").


Yevropa chempionatidan avval Portugaliya terma jamoasi 3 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni reja qilgan. 4 iyun sanasida Finlyandiyaga qarshi, 8 iyun - Xorvatiya bilan va 11 iyun kuni Irlandiya terma jamoasi bilan bellashuv bo'lib o'tishi kerak. Evro-2024"da esa portugaliyaliklar "F" guruhida Chexiya (Leyptsig, 18 iyun), Turkiya (Dortmund, 22 iyun) va Gruziyaga qarshi (Gelzenkirxenda, 26 iyun) maydonga tushadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia