"Paxtakor" mo'ljallayotgan Adebayor APLda o'ynashi mumkin

Mirjalol Normatov
5 yanv 2020, 13:59
"A Bola" xabariga ko'ra, hujumchi Emmanuel Adebayor "Aston Villa" bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Ayni damda 36 yoshli forvardning xizmatlariga APL klubi jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda.

"Real", "Manchester Siti", "Tottenxem", "Arsenal" kabi jamoalarda harakat qilgan futbolchining transfer narxi 550 ming evroga baholangan. Turkiyaning "Qaysarispor" jamoasidan keyin u erkin agentga aylanadi.

Oldinroq Adebayor "Paxtakor"ga o'tishi mumkinligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola