

Benjamen Pavar 2022 yilgi Jahon chempionati paytida jurnalistlarga jamoa ichidagi xabarlarni tarqatib, Fransiya terma jamoasidagi muhitni buzgan.
Fransiya terma jamoasining bir nechta futbolchilari Pavarni Dide Deshamning sevimli o'yinchilaridan biri deb hisoblashadi. Bu futbolchilar himoyachining o'yin darajasi va u davo qilayotgan poziciya o'rtasida katta farq bor deb o'ylashadi.
Jurnalist Romen Molinaning takidlashicha, Fransiya terma jamoasi murabbiylar shtabi Pavarni tanqid qilgan, ammo futbolchi buni qabul qilmagan va bunga javoban o'zini yomon tutgan. Bu terma jamoa murabbiylarini g'azablantirdi, chunki ular bazida Pavar o'rtacha o'yin namoyish etishiga qaramay, uni bir necha yil davomida himoya qilib kelgan.
Zaxira o'rindig'ida Pavar jamoadoshlari haqida noo'rin fikrlarni bildirgan. Bu ayniqsa, finalda yaqqol namoyon bo'ldi. Fransiya 2022 yilgi Jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O'yin davomida Pavar va Desham o'rtasidagi ziddiyat yana kuchaydi va ular suhbatda bir-birini qo'pol so'zlar bilan "siylagan".
Pavarning ishga bo'lgan munosabati Fransiya terma jamoasining kiyinish xonasida noxush muhit yaratdi.
Bundan tashqari, terma jamoaning bazi futbolchilari Pavar echinish xonasida eshitgan gaplarini o'zi bilan yaqin aloqada bo'lgan tanish jurnalistlariga tarqatayotganiga ishonishadi.
"Bavariya" himoyachisi Fransiya va Avstraliya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda dastlabki daqiqalardanoq maydonda harakatlandi va 89 daqiqa o'ynadi. U turnirning boshqa barcha o'yinlarini zaxirada o'tkazdi va hatto zaxiradan ham maydonga tushmadi.



