Pashinin "Lokomotiv" yig'iniga qaytdi

Moskvaning "Lokomotiv" klubi katta murabbiyi Oleg Pashinin jamoaning Bakovkadagi yig'iniga qo'shildi.

Bu haqida "temiryo'lchilar" matbuot xizmati xabar qildi.

Pashinin yig'inning boshini kasallik tufayli o'tkazib yubordi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq o'yinchisi 2015 yildan buyon "Lokomotiv"ning asosiy jamoasi bilan ishlaydi. Shuningdek, u 2009–2010 yillarda Yuriy Syomin murabbiylar shtabining a'zosi hisoblangan.


Manba: twitter.com/fclokomotiv