

"Liam Rosenor qo'l ostida hayot ham, o'yin ham ajoyib. U bizga ishonch bag'ishlamoqda. O'zimiz bo'lishimizga, erkin o'ynashimizga imkon beryapti. Ishonchim komilki, tez orada meni eng yaxshi holatimda ko'rasiz", – dedi u.
Eslatib o'tamiz, 7 fevral kuni APLning 25-turi doirasida "Chelsi" mehmonda "Vulverxempton"ga qarshi bahs o'tkazdi. Uchrashuv "nafaqaxo'rlar"ning ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi (3:1). Bu g'alabadan so'ng "Chelsi" 43 ochko jamg'arib, jadvalda beshinchi o'rinda qoldi.



