Pak Ji Sun: "Rashford bosim ostida o'smoqda, bu meni hayratga solmoqda"

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2017, 20:14
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pak Ji Sun "qizil iblislar"ning 19 yoshli hujumchisi haqida fikr bildirdi.

"Rashford so'nggi mavsumda o'zini yaxshi ko'rsatdi. Uning ilk mavsumi ajoyib o'tdi. U bosim ostida o'smoqda, bundan hayratdaman. Agar Rashford shu ruhda davom etsa, sayyoramizning eng yaxshilaridan biriga aylanadi" - deydi Pak Ji Sun.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com