O'zbekistonlik vinger Rossiya klubida ko'rikdan o'tmoqda

Sherzod Nurmatov
7 fev 2025
"Olimpik" sobiq futbolchisi Muhsin Bozorov FNL (Milliy Futbol Ligasi – tahr.) vakili "Tyumen" yig'inida ishtirok etmoqda.

Bozorov ilgari "Metallurg" va "So'g'diyona" jamoalarida klublarida to'p tepgan, o'tgan mavsumni esa Toshkentning "Olimpik" jamoasida o'tkazgan.

Ayni paytda "Tyumen" o'zini qutqarish yo'llarini qidirmoqda. Jamoa turnir jadvalining eng quyi pog'onasida joylashgan.

Ma'lumot uchun, Muhsin sobiq futbolchi Ravshan Bozorovning o'g'li hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/ilyevserg