O'zbekiston – Yaman uchrashuvini qayerdan ko'rish mumkin?

Sherzod Nurmatov
12 fev 2025
Bugundan Xitoyning Shenjen shahrida U-20 Osiyo Kubogi boshlanadi.

"A" guruhida Avstraliya Qirg'iz Respublikasi bilan bahs olib borsa, mezbon Xitoy Qatar bilan ro'baro' keladi.

"C" guruhidan o'rin olgan O'zbekiston terma jamoasi musobaqadagi yurishini Yamanga qarshi bahs bilan boshlaydi. Mazkur uchrashuv ertaga, 13 fevral kuni 14:15 da start oladi va "Sport" telekanali orqali namoyish etiladi.

Avvalroq O'zbekiston U-20 terma jamoasi ertangi bahsda to'liq ko'k libosda, darvozabon esa qora libosda harakatlanishi ma'lum bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia