O'zbekiston U-16 nazorat o'yinida OKMK ustidan g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2026
Ayder Kurbaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi navbatdagi yig'in doirasida OKMK U-19 jamoasiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushdi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvda o'smirlarimiz 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi.

O'zbekiston U-16 – OKMK U-19 3:2

Gollar: Hasan O'rolov, Emmanuel Emonkpayr, Doniyor O'ktamov.

O'zbekiston U-16 (asosiy tarkib): 21. Aziz Berdiev, 3. Hojiakbar Zulfiqorov, 4. Azizullo Erkinonov (S), 8. Yahyo Nasrulloev, 9. Emmanuel Emonkpayr, 10. Ro'zimurod Ro'zimurodov, 11. Kamoliddin Akbaraliev, 17. Abubakr Mamatov, 18. Hasan O'rolov, 19. Fayz Achilov, 24. Husan O'rolov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Ayupov, Ayvazov, Abdurahimov, Bobirov, Abduvaliev, Umarov, Shadrin, Shodmonov, Rahmonqulov, Xolmamatov, Shukurov, Aminov, O'ktamov, Abdusamatov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz