O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Ozarbayjon U-17 bilan durang o'ynadi

Iskandarov Abdulaziz
27 iyul 2022, 16:28
Ozarbayjonning Gabala shahrida yig'in o'tkazayotgan o'smirlar terma jamoamiz ilk o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Qiziqarli va gollarga boy o'tgan uchrashuvda Jamoliddin Ubaydullaev shogirdlari murosa ko'chasini tanladi. 2:2 hisobi qayd etilgan uchrashuvda terma jamoamizdan gollarga Sherzod Abdulboriev va Nikolas Akopov mualliflik qildi. 

Ushbu jamoalarning navbatdagi uchrashuvi 29 iyul kuni bo'lib o'tadi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia