O'zbekiston – Kuvayt uchrashuvini boshqarib boruvchi hakamlar ma'lum

Administrator
8 okt 2025
Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi Kuvaytga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Ushbu bahsni qirg'izistonlik Mederbek Taichiev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ismailjan Talipjanov (Qirg'iz Respublikasi) va Eldos Murzabekov (Qirg'iz Respublikasi) yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Asker Najafaliev (O'zbekiston), VARda esa Abdurashid Xudoyberganov (O'zbekiston) faoliyat yuritadi.

Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv ertaga 9-oktyabr kuni “Olimpiya” stadionida soat 18:00 da start oladi.


AdministratorMuallif
Manba: ЎзФҲМ матбуот хизмати