O'zbekiston kubogi. Nimchorak final uchrashuvlarining boshlanish vaqtlari ma'lum

Khoja
26 iyun 2024
UzPFL matbuot xizmati O'zbekiston kubogining nimchorak final uchrashuvlarining boshlanish vaqtlarini e'lon qildi.

Barcha uchrashuvlar soat 20:30 ga belgilangan. Ushbu bosqichning markaziy uchrashuvi 6 iyul kuni Jizzaxda So'g'diyona va Neftchi o'rtasida bo'lib o'tadi. Shuningdek, 4 iyul kuni Olimpik va Andijon o'rtasidagi bahs ham qiziqarli o'tishi aniq. Barcha uchrashuvlar MTRK kanallarida jonli ko'rsatiladi.


KhojaMuallif
Manba: Uzpfl