O'zbekiston Kubogi. "Guliston" "Sonyc X"ni mag'lub etib, 2-bosqichga yo'llanma oldi

Mirjalol Normatov
22 mar 2026, 16:57
O'zbekiston Kubogi saralashi 1-bosqich o'yinlari davom etadi.

Kun doirasidagi ikkinchi o'yinda "Guliston" jamoasi Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Sonyc X" media jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida g'alabaga erishib, saralashning 2-bosqichida qatnashadigan bo'ldi.

GULISTON - SONYC X 2:0

Gollar: Bunyod Shodiev, 40 (1:0), Asilbek Umrzoqov, 49 (2:0)

Qizil kartochka: Asilbek Umrzoqov, 66 ("Guliston")

Endi "Guliston" saralashning 2-bosqichida 25 mart kuni "Lokomotiv BFK"ga qarshi bahs olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia