O'zbekiston FIFA reytingida 2 pog'ona yuqoriladi va 50 o'ringa chiqib oldi

Aslanov Jasurbek
31 mar 2026
O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFAning yangilangan onlayn reytingida 50-o'ringa ko'tarildi.

Vakillarimiz Venesuela bilan qayd etilgan durangdan (0:0) so'ng o'z hisoblariga 0.03 ball qo'shib qo'yishdi va jami 1465.34 ochko bilan kuchli elliktalikka kirishdi.

Osiyo qitasida O'zbekiston beshinchi ko'rsatkichni qayd etmoqda. Qitamizda kuchli beshlik quyidagicha ko'rinish olgan:

* Yaponiya - 18-o'rin

* Eron - 21-o'rin

* Janubiy Koreya - 22-o'rin

* Avstraliya - 26-o'rin

* O'zbekiston - 50-o'rin

Dunyo reytingida Ispaniya terma jamoasi peshqadamlikni saqlab turibdi. Fransiya va Argentina kuchli uchlikdan joy olgan.

Eslatib o'tamiz, bu faqat onlayn reyting bo'lib, ertaga, 1 aprel kuni ushbu jadval rasman yangilanadi.

O'zbekiston terma jamoasining FIFA reytingidagi eng yaxshi natijasi 45 o'rin bo'lgan


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: