

Ushbu g'alaba ayollar terma jamoamizga tarixda ilk bor pley-offda o'ynash imkonini taqdim etdi.
O'zbekiston terma jamoasining chorak finaldagi raqibi boshqa guruhlardagi o'yinlar natijalariga qarab aniqlanadi. Jamoamiz:
a) 14 mart kuni “A” guruhi g'olibi - Koreya Respublikasiga qarshi maydonga tushishi mumkin;
b) yoki 15 mart kuni “C” guruhi g'olibi bilan bahs olib boradi.
Eslatib o'tamiz, Chorak final bosqichi turnirning hal qiluvchi pallalaridan biri hisoblanadi. Chunki Osiyo kubogida eng yaxshi olti jamoa 2027-yilgi ayollar o'rtasidagi Jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Agar O'zbekiston terma jamoasi chorak finalda g'alaba qozonsa, mundialga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oladi. Ushbu bosqichda imkoniyatni boy bergan jamoalar 19-mart kuni o'tish o'yinlarida ishtirok etib, qolgan yo'llanmalar uchun kurashni davom ettiradi.



