Otabek Narzullaev: "G'alaba uchun kelgandik, biroz omad yetishmadi"

Mirjalol Normatov
10 avg 2025
Superliganing 18-turi doirasidagi "So'g'diyona" - "Mashal" bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Otabek Narzullaev matbuot anjumanida qatnashdi.

- 3 ochko uchun kelgan edik. Biroq ozgina omad yetishmadi. Xatolar evaziga gollar qo'yib yuboryapmiz. Bilmadim bu nima bilan bog'liq. Futbolchilarga har tomonlama tushuntiryapmiz, o'rgatyapmiz. Jamoada yaxshi saviyadagi yigitlar yig'ilgan. Ko'p mehnat qilishga to'g'ri kelyapti. Faqatgina jamoaga o'ziga bo'lgan ishonch yetishmayapti. Shu sababli keyingi o'yinlarga puxta tayyorgarlik ko'ramiz. Mag'lubiyatlar ko'payib ketdi. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Jamoaga yangi kelib qo'shilgan legioner Umar Aminu haqida fikringiz.

- Umar Aminu 2-3 kun oldin keldi. Yaxshi saviyadagi futbolchi. U kecha o'yinoldi mashg'ulotlarga qo'shildi. Uni bugun 15-20 daqiqa maydonga tushirdik, uning jismoniy holati hali yaxshimas. Undan keyingi o'yinlarda foydalansak bo'ladi, balki asosiy tarkibda ham sinab ko'ramiz.




Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia