Oskar Braziliya chempionatiga yo'l olishi kutilmoqda

Mirjalol Normatov
4 avg 2022
"Shanxay Port" yarim himoyachisi Oskar Braziliyaga qaytishga yaqin.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, 30 yoshli xavbek "Flamengo" jamoasi tarkibiga o'tishi kutilmoqda. Xitoy va Braziliya klubi yarim himoyachining transferi borasida kelishib olishgan.

Oskar 2017 yildan buyon ushbu jamoa tarkibida o'ynamoqda. U Xitoy chempionatida 120 o'yinda qatnashib, 95ta samarali harakat amalga oshirib bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano