O'rtoqlik uchrashuvi: “Bunyodkor” – “Sumgait” (Ozarboyjon) 0:1

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2014, 07:59
Mavsumning ikkinchi qismiga Turkiyada tayyorgarlik ko'rayotgan Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi navbatdagi nazorat uchrashuvini Ozarboyjonning “Sumgait” klubiga qarshi o'tkazdi.
Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi. Biroq 36-daqiqada “Sumgait” hujumchisi Magamed Qurbonov tomonidan kiritilgan gol o'yinda yagonaligini saqlab qoldi.

Ushbu uchrashuvda Sergey Lushan “qaldirg'ochlar”ning bir necha a'zolari xizmatidan foydalana olmadi. Jumladan darvozabonlar – Akbar To'raev va Abdukarim Muhammedov, himoyachi – Javlon Mirabdullaev, yarim himoyachilar – Dilshod Jo'raev, Sardor Sobirxo'jaev, Sardor Rashidov, hujumchi – Vohid Shodiev ma'lum sabablarga ko'ra ozarbayjonliklarga qarshi o'yinda ishtirok eta olishmadi.

O'rtoqlik uchrashuvi
“BUNYODKOR” – “SUMGAIT” 0:1 (0:1)
Gol:
Magamed Qurbonov 36
“Bunyodkor”: 1.Pavel Bugalo, 4.Xayrulla Karimov, 6.Anvar G'ofurov, 2.Akmal Shorahmedov, 40.Ivan Miloshevich, 9.Minori Sato, 14.Samir Bekrich, 19.Zabixillo O'rinboev, 28.Dostonbek Hamdamov, 8.Javlon Ibroximov, 11.Oleksandr Pishur
Zaxiradan maydonga tushganlar: 10.Anvar Berdiev, 33.Oleg Zoteev, 15.Islom Inomov, 3.Shukurali Po'latov, 54.Temur Ayupov, 48.Akramjon Komilov
“Sumgait”: 1.Andrey Popovich, 3.Vurgun Guseynov, 4.Agil Nabiev, 66.Ruslan Poladov, 15.Nodir Mamedov, 8.Jayxun Jovadov, 10.Tarzin Jahongirov, 77.Tavakkal Mamedov, 17.Ramazon Abbosov, 22.Tofik Mikallelov, 14.Magamed Kurbanov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 63.Shoxruddin Magamedaliev, 30.Tarlan Ahmedali, 92.Vaxtiyar Gasanalidze, 9.Orxan Aliev, 6.Tagim Navro'zov, 23.Shaxriyor Halilov, 2.Slavik Alxasov
20 iyul. Istanbul. “Green Park Kertepe” majmuasi maydoni

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com