Origi Milanga yetib bordi

Mirjalol Normatov
28 iyun 2022
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Divok Origi "Milan" bilan shartnoma imzolash uchun ushbu shaharga yetib bordi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, forvard yaqin vaqtlar ichida klub uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va erkin agent sifatida shartnoma imzolaydi.

27 yoshli futbolchiga APL, Bundesliga klublaridan, shuningdek, "Vilyarreal"dan jiddiy chorlovlar bo'lgan. Ammo u "Milan"ni tanlagan.

O'tgan mavsumda Origi APLning 7 o'yinida qatnashib, 3 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano