Origi ijara asosida "Vest Xem"ga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
25 iyul 2023, 12:40
"Vest Xem" "Milan"dan hujumchi Divok Origini ijaraga olish ehtimoli bor.

Bu haqda "La Gazetta dello Sport" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, transfer tashabbuskori "bolg'achilar" bosh murabbiyi Devid Moyesdir.

Futbolchi 2022 yilning iyulida erkin agent sifatida "Milan"ga o'tgan, bungacha "Liverpul"da o'ynagan.

Hujumchi 2022/23 yilgi mavsum "rossonerilar" safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport