Origi APLga qaytadi

Mirjalol Normatov
27 avg 2023
"Milan" futbolchisi Divok Origi APLga qaytishi mumkin.

APL unga begona emas. Belgiyalik futbolchi "Liverpul" tarkibida 175 o'yinda 41 gol urgan. 2022 yil yozida u "Enfild" bilan hayrlashib, "Milan" bilan shartnoma imzolagandi. Biroq uning A Seriyadagi faoliyati salobatli bo'lmayapti. "Milan"dagi ilk mavsumida u asosiy tarkib futbolchisi bo'la olmadi va atigi 2 gol urdi.

Endi futbolchi "Sheffild Yunayted" bilan kelishuvga erishdi. APLning ushbu mavsumi startida hujumda muammolarga duch kelgan klub uzoq vaqt davomida hujumchi izlayotgandi.

28 yoshli futbolchining "Milan" bilan yana 3 mavsumlik shartnomasi bor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal