Oleksandr Vorobey sobiq jamoasi bilan shartnoma imzoladi

Iskandarov Abdulaziz
25 yanv 2026
O'tgan mavsum "Nasaf" tarkibida ukrainalik darvozabon Oleksandr Vorobey to'p tepdi.

Qishki transferlar oynasida Qarshi klubi legioner kiper bilan xayrlashdi. Endilikda Vorobey Gruziyaning "Gagra" klubi bilan shartnoma imzoladi. U "Nasaf"ga kelishidan avval ham mazkur jamoa darvozasini qo'riqlagan edi.

30 yoshli darvozabon 2025 yilda barcha musobaqalarda 4 ta o'yinda darvozasidan 12 ta gol o'tkazib yubordi. Transfermarket portali posbonni 125 ming evroga baholagan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia