

Dastlabki turda "Qo'qon-1912"ni enggan "Buxoro" kecha 2-turda "Navbahor"dan 3 ochko tortib olishga erishdi. Jamoa 2011 yildan buyon ilk bor mavsumni ketma-ket ikki g'alaba bilan boshladi. Klub o'sha yili elitani 9-o'rinda yakunlagan edi.
Endilikda "Buxoro" 3-turni 11 mart kuni o'z maydonida "Xorazm"ga qarshi o'tkazadi.



