Okazaki bir yilning o'zida uchinchi marta klubini o'zgartiradi

Mirjalol Normatov
4 sen 2019
Hujumchi Shinji Okazaki yaqin vaqtlarda "Ueska"ga o'tadi.

Ayni damda futbolchi erkin agent maqomiga ega. U yozda "Lester"dan "Malaga"ga o'tgandi. Biroq oradan ikki oy o'tib, maosh borasidagi muammolar tufayli klub bilan shartnomasi bekor bo'lgandi.

"Ueska" ayni damda LaLigada 6 ochko jamg'argan holda 6-o'rinni egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal