Kagava Yaponiyaga qaytdi

Sherzod Nurmatov
1 fev 2023
Yarim himoyachi Shinji Kagava "Sent-Tryuyden"dan o'z faoliyatini boshlagan jamoasi "Serezo Osaka"ga o'tdi.

U ushbu mavsum Belgiya klubida 12 ta bahsda ishtirok etib, 2 ta gol urdi.

33 yoshli xavbek "Serezo Osaka" safida 127 ta o'yinda harakat qilib, 57 ta to'p kiritgan hamda 17 ta golga pas uzatgan. U jamoada 2006 yildan 2010 yilga o'ynagan.

Kagava Yaponiya termasi tarkibida 97 ta o'yin o'tkazib, 31 ta gol urishni uddalagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN