OFK yilning eng yaxshilarini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
17 okt 2025
OFK bugun yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazdi.

Unga ko'ra, nominantlar shunday ko'rinish oldi:

Salar Agapur (Eron) - yilning eng yaxshi futzalchisi

Ri Song-Xo (Shimoliy Koreya) - yilning eng yaxshi murabbiyi

Marzie Jafari (Eron) - yilning eng yaxshi ayol murabbiyi

Li Kan In (PSJ, Janubiy Koreya) - yilning xorijdagi eng yaxshi osiyolik futbolchisi

Chxve Il Son (Shimoliy Koreya) - yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi

Aleks Badolato ("Nyukasl Jets", Avstraliya) - yilning eng yaxshi yosh futbolchisi

Xana Takaxasi ("Urava Red Ladies", Yaponiya) - yilning eng yaxshi ayol futbolchisi

Salim al-Davsari ("Al Hilol", Saudiya Arabistoni) - yilning eng yaxshi futbolchisi


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/theafcdotcom